Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 15.10.2026
mebellarBor (mebellarbor.uz sayti va Telegram bot) mebel xaridorlari va sotuvchilarini bog'laydi. Bu sahifada qaysi ma'lumotni nima uchun yig'ishimiz, kim ko'rishi va uni qanday o'chirish mumkinligi yozilgan. Ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonuniga muvofiq ishlanadi. Maqsadimiz — ikki tomonni bog'lash, kimnidir kuzatish emas: xaridordan faqat xizmat ishlashi uchun zarur minimum saqlanadi.
1. Qanday ma'lumot yig'amiz
- Botdan foydalanuvchi har kim: Telegram ID (faqat bot sizga javob yozishi uchun — u hech kimga, jumladan adminlarga ham ko'rsatilmaydi), tanlangan til, botni birinchi va oxirgi marta ishlatgan sana. Xaridorning @username'i saqlanmaydi.
- Xaridor: qidiruv so'rovlari matni, tanlagan viloyat va tuman, sevimlilar, shikoyatlar, baholar va izohlar, «Bog'lanish» so'rovlari.
- Sotuvchi: telefon raqami (Telegram tugmasi orqali o'zingiz yuborgan yoki do'koningizni ochgan xodimimizga aytgan — bu raqam «📞 Bog'lanish»ni bosgan xaridorga ko'rsatilishiga og'zaki roziligingiz bilan; kim va qachon qayd etgani saqlanadi, do'konni Telegram'ingizga ulaganingizda raqam Telegram tasdiqlagani bilan almashadi), @username, do'kon nomi va turi, viloyat va tuman, joylashuv (ixtiyoriy), mahsulot rasmlari va tavsiflari, tarif va to'lov holati, sotuvchi shartlariga rozilik bergan vaqt va o'sha paytda ko'rsatilgan matn (nizo bo'lsa dalil sifatida).
- Rasm bilan qidiruv: yuborgan rasmingiz saqlanmaydi — faqat qidiruv uchun ishlatiladi, bazaga uning xeshi (rasmni qayta tiklab bo'lmaydigan raqamli iz) yoziladi.
- Botda yuborgan joylashuvingiz (xaridor) bazaga yozilmaydi: yaqin natijalarni ko'rsatish uchun ko'pi bilan 30 daqiqa vaqtinchalik xotirada turadi.
- Saytda: ochilgan sahifa manzili va anonim tashrifchi identifikatori (cookie). IP manzil, ism yoki telefon yozilmaydi. «Yaqinimda» tugmasi joylashuvingizni faqat ruxsatingiz bilan va faqat natijalarni masofa bo'yicha saralash uchun oladi.
2. Nima uchun ishlatamiz
- Qidiruv natijalarini ko'rsatish va xaridorni sotuvchi bilan bog'lash.
- E'lonlarni moderatsiya qilish, firibgarlik va qoidabuzarlikka qarshi kurash (shikoyatlar).
- Sotuvchi va xaridor reytingini hisoblash.
- Xizmatni yaxshilash uchun umumiy statistika. Sotuvchi o'z kabinetida (pullik tarifda batafsilroq) faqat jamlanma raqamlarni ko'radi: mahsulotlari qancha ko'rilgani, «Bog'lanish» necha marta bosilgani, qaysi so'zlar bilan qidirilgani. Qaysi xaridor ekani hech qachon ko'rsatilmaydi.
- Tarif va obunani yuritish, muddat tugashi haqida eslatish.
3. Kim ko'radi
- Hamma: sotuvchining do'kon nomi, turi, hududi, tasdiqlangan mahsulotlari va reytingi.
- «Bog'lanish»ni bosgan xaridor: sotuvchining telefoni, joylashuvi va @username'i.
- Sotuvchi xaridorning @username'i yoki raqamini ko'rmaydi — faqat «so'rov keldi» degan xabar oladi. Sotuvchi bilan qachon va qanday bog'lanishni xaridor o'zi hal qiladi.
- Adminlar: moderatsiya va shikoyatlarni ko'rib chiqish uchun. Xaridorni ular ham faqat ichki raqam bilan ko'radi (masalan, «Xaridor #123») — @username, telefon yoki Telegram ID ko'rsatilmaydi.
- Xizmat ko'rsatuvchilar, faqat o'z vazifasi doirasida: Telegram (bot va kanal), Cloudflare (mahsulot rasmlarini saqlash va tarqatish), Groq (qidiruv so'rovi matnini tushunish), Voyage AI (rasm va matn bo'yicha o'xshash mahsulotlarni topish).
Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi tomonga bermaymiz. Faqat qonunda belgilangan hollarda vakolatli davlat organlarining so'roviga ko'ra berilishi mumkin.
4. Cookie va brauzer xotirasi
- lang — tanlangan til (1 yil).
- mb_vid — tasodifiy anonim identifikator: noyob tashrifchilarni sanash uchun (1 yil). Sizni hech qanday shaxsiy ma'lumot bilan bog'lamaydi.
- mb_seller — sotuvchi kabinetiga kirgan sessiya (faqat kabinetda).
- theme — kun/tun rejimi, faqat brauzeringizda saqlanadi (localStorage).
Uchinchi tomon analitikasi yoki reklama cookie'lari ishlatilmaydi. Cookie'larni brauzerda o'chirsangiz ham sayt ishlayveradi.
5. Saqlash muddati
Ma'lumotlar serverimizda, hisobingiz faol ekan saqlanadi. Xaridor o'chirishni so'rasa, ma'lumoti darhol o'chiriladi yoki kimga tegishli ekanini aniqlab bo'lmaydigan holga keltiriladi; do'kon ma'lumoti 30 kun ichida o'chiriladi. Shaxsni ko'rsatmaydigan jamlanma statistika (masalan, kunlik qidiruvlar soni) saqlanib qolishi mumkin. Server jurnallari 14 kun, zaxira nusxalar o'z muddati tugaguncha saqlanadi.
6. Sizning huquqlaringiz
- Siz haqingizda qaysi ma'lumot borligini bilish.
- Ma'lumotni tuzatish: sotuvchi — botdagi «🏪 Do'konim» yoki web kabinet orqali.
- Ma'lumotni o'chirish: botda /privacy buyrug'i → «Ma'lumotlarimni o'chirish» (xaridor ma'lumoti darhol o'chadi).
- Xabarlarni to'xtatish: botni bloklasangiz, bot sizga boshqa xabar yubormaydi.
7. Xavfsizlik
Sayt faqat HTTPS orqali ishlaydi. Maxfiy kalitlar faqat serverda saqlanadi, admin panelga kirish parol bilan himoyalangan, sotuvchi kabinetiga kirish havolasi bir martalik va 5 daqiqa amal qiladi.
8. O'zgarishlar va aloqa
Siyosat o'zgarsa, shu sahifadagi sana yangilanadi; muhim o'zgarishlar botda ham e'lon qilinadi. Savol yoki so'rov bo'lsa, botda /privacy buyrug'ini yuboring.